Menemen, skrembl, kruassan sendvichlar, pishloq va kartoshkali chalpak, tvorogli pankeyklar, tuxumli lavash, mini pankeyklar — Zira.uz turli xil mazali nonushtalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
2022−2023 yillarda Qozog‘iston bilan chegaradagi «Dovut-ota», «G‘ishtko‘prik», «Navoiy», «S.Najimov» bojxona postlari to‘liq rekonstruksiya qilinadi. Ta’mirlash jarayoni qo‘shni mamlakat bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Prokuratura O‘zbekiston-Iroq futbol uchrashuvida Sevimli telekanali jurnalisti ichki ishlar xodimlari tomonidan kaltaklangan holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Tergovni Bosh prokuratura nazorat qiladi.
Senat va Qonunchilik palatasi Qoraqalpog‘istonda yuz bergan voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma komissiya tuzdi. Unga ombudsman Feruza Eshmatova rahbarlik qiladi.
Samarqandni ziyorat qilgan Mirziyoyev va Berdimuhamedov, metanning narxi oshganiga izoh, antikorrupsiya bo‘yicha ishlari baholangan tashkilotlar, muhokamasi yana cho‘zilgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi, o‘qishni ko‘chirishga onlayn qabul va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 15 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Hukumat qarori bilan davlat oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 27 iyulgacha, chet tilidan ijodiy imtihon o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun esa 17 iyulgacha uzaytirildi.
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqandga tashrifini Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilishdan boshladi. Undan so‘ng, ikki davlat yetakchilari Mirzo Ulug‘bek muzey-majmuasi, Go‘ri Amir maqbarasi, Registon maydoniga ham borishdi.
Internetda yoqilg‘i quyish shoxobchalarida metan narxi 3000−3100 so‘mgacha oshirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi gaz narxi eski tarifda qolganligi sababli «metan narxi oshganiga obyektiv sabablar yo‘qligini» ma’lum qildi. Vaziyatga «O‘ztransgaz» va Soliq qo‘mitasi ham munosabat bildirdi.
AQSh dollarining so‘mga nisbatan rasmiy kursi 31,64 so‘mga qimmatlab, 10 981,93 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham ko‘tarildi.
Dam olish kunlari havo harorati +36 darajadan +45 darajagacha ko‘tariladi. Shanba kuni shimoliy va cho‘l hududlarda, yakshanba kuni esa mamlakatning ayrim joylarida chang-to‘zonlar ko‘tariladi, shamol tezligi 22−25 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidovning ta’kidlashicha, Konstitutsiyaga kiritiladigan o‘zgartirishlar muhokamasining muddati oldinroq 10 kunga uzaytirilishi Nukus voqealari bilan bog‘liq emas. «Bizga birov „cho‘zgin-cho‘zmagin“ deb ko‘rsatma berayotgani yo‘q. Biz o‘zimiz hal qilyapmiz», — dedi u.
Eksperiment tariqasida 24 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi baholandi. Reyting natijasiga ko‘ra, Bojxona qo‘mitasi faoliyati «yaxshi», Adliya vazirligi va poytaxt hokimligi faoliyati «qoniqarli», XTV, SSV, Qurilish, Moliya vazirliklariniki esa «qoniqarsiz» deb topildi.
CSI kompaniyasining self service mahsulotlari menedjeri Igor Chechulin riteylerlar nima uchun o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish kassalarini o‘rnatishi kerakligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Qonunchilik palatasi Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritishga oid qonun loyihasining umumxalq muhokamasi muddatini 1 avgustga qadar uzaytirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ommaviy muhokamalar davrida loyiha bo‘yicha 85 mingdan ortiq takliflar kelib tushgani aytilmoqda.
Sirdaryo viloyatida yashovchi fuqaro Sibir yarasini (kuydirgi) yuqtirib olgani aniqlandi. Viloyat SES boshqarmasi kasallik odamdan odamga yuqmasligini aytib, hozirda epidemiologik vaziyat barqarorligi va xavotirga o‘rin yo‘qligiga ishontirmoqda.
Turkmaniston prezidentining O‘zbekistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha 19 ta hujjat, jumladan, Amudaryo suv resurslarini boshqarish, muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risida, transport va tranzit hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.
2022/2023-o‘quv yili uchun xorijdan va O‘zbekistondagi OTMlar o‘rtasida o‘qishni ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar 5 avgustgacha qabul qilinadi. Oliy ta’lim vazirligi arizalarni onlayn yuborish uchun ikkita platforma ishga tushirilganini ma’lum qildi.
2022−2026 yillarga mo‘ljallangan «Xavfsiz va ravon yo‘l» dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida 30 ta avtomatlashtirilgan yo‘l bo‘yi pullik to‘xtab turish joyi tashkil etiladi. Shundan 10 tasini 2022 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarida O‘zbekiston energetika sohasida, jumladan, Turkmanistondan elektr energiyasi, gaz va neft mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorligini bildirdi.
O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida yuqori faollik ikkinchi chorakda ham davom etdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, aprel-iyun oylarida ikkilamchi ko‘chmas mulk narxlari 2 foizga, yangi binolardagi kvartiralar 2,4 foizga oshgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting