Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovni Toshkent xalqaro aeroportida bosh vazir Abdulla Aripov, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kutib oldi.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Rossiyada o‘z faoliyatini to‘xtatgan yoki ushbu bozorni butunlay tark etgan yirik xorijiy kompaniyalarning Qozog‘istonga ko‘chib o‘tishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriq berdi.
Prezident qarori bilan 2022−202-yillarga mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish orqali yo‘llarda avariya va o‘limlar sonini qisqartirish ko‘zda tutilmoqda.
«O‘zneftgazinspeksiya» ayrim AYOQSHlarda benzin kam quyilayotgani, sifatsiz yoqilg‘i sotilayotgani hamda boshqa qonun buzish holatlarini aniqladi. Jumladan, 10 ta holatda iste’molchilar haqidan har 10 litrda 750 millilitrgacha kam quyib berilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Metroning «Yerusti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi 7-bekati yo‘l o‘tkazgich o‘rnatilishi tufayli metro harakati vaqtincha to‘xtatildi va uning o‘rniga «Rohat 5-metro bekati — Qo‘yliq 7-metro bekati» oralig‘ida vaqtincha ikkita avtobus qatnaydi.
2024 yil 1 dekabrga qadar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlab turilgan shaxslarning qochishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida elektron brasletdan foydalanish tizimi joriy etiladi.
O‘zbekistonda 9 ta yangi muzey tashkil etiladi, ulardan 7 tasi Samarqanddagi «Muzeylar kvadrati»da joylashadi. Qo‘qonda Zamonaviy san’at muzeyi, Urganchda Lazgi muzeyi tashkil etiladi.
Iyunda aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari kamaydi. Biroq, aholida import tovarlar va birinchi galdagi zaruriy mahsulotlar narxi oshishi bo‘yicha xavotirlar kuchaygan. Qolaversa, ishbilarmonlar yoqilg‘i, import xomashyo va ehtiyot qismlar qimmatlashi oqibatida narx sun’iy ko‘tarilishidan xavotirda.
Prezident farmoni bilan xonanda va ijrochilarga daromad solig‘ini deklaratsiya asosida to‘lash tartibi belgilandi. Shuningdek, to‘yxona va restoranlarda xizmat ko‘rsatuvchi ijrochilar 2024 yil 1 yanvargacha daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
Qirg‘iziston prezidenti davlat va munitsipal maktablari direktorlarini tanlov asosida ishga qabul qilishni joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Maktab direktorlari 5 yil muddatga tayinlanadi, shundan so‘ng ular yana raqobatlashishi kerak bo‘ladi.
O‘zbekistondagi 50 dan ortiq chegara bojxona postlarida elektron navbatlar joriy etiladi, haydovchi o‘tkazish punktiga kelmasdan turib telefon orqali ham navbatga yozilishi mumkin. Bunda birinchi navbatda tez buziluvchan bo‘lgani uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ortgan avtomobillarga ustunlik beriladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti barcha hukumatlarni koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘payishining oldini olish uchun harakat qilishga chaqirdi. Niqob rejimi, masofa saqlash, tez-tez qo‘l yuvish, ko‘pchilik yig‘ilgan joylar va havo yaxshi aylanmaydigan xonalardan qochish tavsiya etildi.
Qoraqalpog‘istonda qisqartirilgan komendantlik vaqti, 200 ming so‘mlik banknota, kutilayotgan jazirama kunlar, YPX postlarida jarimali transportlarning to‘xtatilishi, O‘zbekistonga keladigan Turkmaniston prezidenti, soxta eksponat va boshqalar — «Gazeta.uz»ning 13 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Toshkentda elektrosamokat boshqaruvini yo‘qotgan fuqaro ariqqa yiqilib tushib, olgan tan jarohatlari oqibatida shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020 yil martida to‘xtatilgan Toshkent — Tokio muntazam reysini qayta yo‘lga qo‘ymoqda.
Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida umumiy bahosi 2,5 mlrd so‘mlik 70 dona noyob eksponat qalbakilari bilan almashtirilgani aniqlandi.
Toshkentning «Humo» xokkey klubi ikki yillik tanaffusdan keyin yana Qozog‘iston Pro ligasida o‘ynashni boshlaydi. Jamoa koronavirus pandemiyasi tufayli musobaqalarda ishtirok etmayotgandi.
Jazirama issiq ko‘pchilikning hayotiga xavf solishi mumkin. Bunday sharoitda tanani, xonadonimizni qanday salqin holda saqlashimiz va sog‘lig‘imizni qanday himoya qilishimiz mumkin? «Gazeta.uz» ushbu maqolada bu boradagi tavsiyalarni e’tiboringizga havola etadi.
YeTTB Samarqand shahri uchun elektrobuslar partiyasi, ular uchun quvvatlash shoxobchalari va boshqa infratuzilma obyektlarini sotib olishga 95 mln yevrogacha mablag‘ ajratishi mumkin.
Hukumat qarori bilan Xiva restavratsiya maktabi tashkil etiladi. Soha mutaxassislarining malakasini oshirish, «ustoz-shogird» an’analarini rivojlantirish, ilmiy tadqiqot olib borish hamda xorijlik ekspertlar ishtirokida ilmiy anjumanlar tashkil etish maktabning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting