sentabr oyida Toshkent va Buxoroda xalqaro adabiy festival o‘tkazilishi kutilayotgandi. Biroq, tadbir dasturi, ishtirokchilar ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lishiga qaramay, mahalliy hamkor — Yozuvchilar uyushmasi tashkilotchilar safidan chiqdi va festival to‘xtatildi. «Gazeta.uz» Yozuvchilar uyushmasidan izoh ololmadi.
Tashqi ishlar vaziri v. b. Vladimir Norov Moskvada bo‘lib o‘tgan davra suhbatida «Tolibon» harakati delegatsiyasi 25−26 iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etishini ma’lum qildi.
Mastercard kompaniyasi dasturiy muhandisi Azamat Toshtemirov — «Xorijdagi o‘zbekistonliklar» loyihasining navbatdagi mehmoni. Biz undan davlat organlari va xususiy sektorda ishlash o‘rtasidagi farqlar, AQShdagi o‘qish va Mastercard`dagi ishi, shuningdek, yoshlarga beradigan maslahatlari haqida so‘radik.
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tuman prokurori yordamchisi 1500 dollarni pora tariqasida olgan vaqtida huquq-tartibot organlari tomonidan ushlandi. Gumondorning aybi sudda o‘z tasdig‘ini topsa, u 5 yilgacha qamalishi mumkin.
O‘zbekiston va Qozog‘istonni bog‘laydigan «Malik» va «Oqoltin» chegara bojxona punktlari faoliyati qayta tiklandi. Ular faqat kunning yorug‘ vaqtlari ishlaydi.
BMT Bosh Assambleyasi O‘zbekiston tomonidan 40 ta davlat bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha maxsus rezolyutsiyani bir ovozdan ma’qulladi. Hujjat Nyu-Yorkda Abdulaziz Kamilov tomonidan taqdim etildi.
AQSh Moliya vazirligi O‘zbekiston va boshqa bir qator davlatlarni Rossiya va Belarusga sanksiyaga tushgan tovarlar yetkazilishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritdi.
O‘zbekistonda davlat oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi.
Dushanba kuni tarmoqlarda banklardan biri bankomatda naqd pul yechish uchun komissiya miqdorini 1 foizdan 3 foizgacha oshirgani haqida xabarlar tarqaldi. Markaziy bank tijorat banklari komissiya miqdorini mustaqil belgilashini aytib, foiz oshirilishi «erkin bozor sharoitida o‘zini oqlamasligiga» ishontirmoqda.
Milliarder Ilon Mask Twitter kompaniyasi platformadagi soxta akkauntlar soni haqida aniq ma’lumot bermagani uchun ijtimoiy tarmoqni sotib olmaslikka qaror qildi. Twitter xarid bo‘yicha kelishuv shartlarini bajartirishga erishish uchun Maskni sudga bermoqchi.
«Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidan o‘tuvchi qismida yuzaga kelgan YTH oqibatida «Isuzu» yuk mashinasining haydovchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi. Haydovchi harakat vaqtida uxlab qolgani aytilmoqda.
Senat favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Hujjat bilan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish, uning oqibatlarini bartaraf etish, moliyaviy va moddiy resurslar ajratish tartibi belgilab berilgan.
Toshkentda 28 yoshli ayol salkam bir oylik chaqalog‘ini 35 ming dollarga sotishga uringanlikda gumonlanmoqda. Sirdaryoda esa 29 yoshli ayol 4 yoshli farzandini 16 ming dollarga sotayotgan vaqtida ushlangani aytilmoqda. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Senat «Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida»gi qonunni ma’qulladi. U 2006 yildan beri amalda bo‘lgan qonunni almashtiradi. Qonun soliq maslahati xizmati turlarini kengaytirish va soliq maslahatchilariga bir qator huquqlarni berishni nazarda tutmoqda.
Vengriyada o‘tgan «Katta dubulg‘a» turkumidagi turnirda o‘zbekistonlik Shoxruh Baxtiyorov (bronza) va Rahimjon Subxonov (kumush) medallarga ega chiqdi.
O‘nlab turdagi salqin shirinliklar, tanlovlar, tomoshalar, konsertlar va sovg‘alarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli uch kunlik bayram mehmonlarni kutmoqda.
O‘zbekiston shaharlari tobora o‘sib, hududlarni egallab bormoqda. Xususiy uylarda yashovchi aholi zichligining pastligi ekin maydonlarining o‘zlashtirilishi hisobiga ta’minlanib, aholi farovonligiga tahdid solmoqda. O‘zbekiston shaharlari nima uchun noto‘g‘ri o‘sib borayotgani — Jahon banki hisoboti sharhida.
Oliy ta’lim vazirligi Qoraqalpog‘istondagi internet bilan bog‘liq muammolar tufayli respublikadagi abituriyentlar uchun OTMlarga qabul muddati uzaytirilishini ma’lum qildi. Vaziyat hukumat tomonidan nazoratga olingan, qabul sanasi esa tez orada SMS-xabarnoma hamda telekanallar orqali yetkaziladi.
Mudofaa vazirligi Qoraqalpog‘istonda namoyishchilar tomonidan to‘xtatilgan BTR maxsus texnikasi ichida bo‘lgan harbiylarning intervyusini e’lon qildi. Ular o‘shanda kaltaklangandi. Askarlar o‘sha kuni qurol ishlatish mumkin emasligi to‘g‘risidagi buyruqqa bo‘ysunishganini so‘zlab berishdi.
Xalq bilan muloqot qilinganda Nukus voqeasining oldini olish mumkin edi, Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda yongan olovni o‘chirdi, namoyishlarda jabrlanganlarga yordam beriladi, O‘zbekiston tarixida o‘sha kunlar o‘chmas sahifa bo‘lib qoladi — «Menimcha» ko‘rsatuvining navbatdagi sonida qanday fikrlar bildirildi?
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting