O‘zbekistonning 47 ta tumanida 70−80 foiz korxonalarda ishchilar soni 1 nafarni tashkil etmoqda. Prezident buning uchun hokimlarni tanqid qilib, nima uchun korxonalar ijtimoiy soliq stavkasi tushirilganiga qaramasdan, «adolatli soliq to‘lashga» o‘ta olmayotganini so‘radi.
O‘zbekiston Turkmanistondan tabiiy gaz importini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Uch oy ichida 1,5 mlrd kub metrga yaqin gaz import qilinishi rejalashtirilgan, bu esa qish mavsumida taqchillikni qoplashga yordam beradi.
O‘zbekistonning 2023 yilgi davlat budjeti 15 dekabrga qadar qabul qilinishi kerak edi, biroq loyiha hanuz jamoatchilik muhokamasi uchun taqdim etilmadi va parlamentga kiritilmadi. Hukumat ketma-ket to‘rtinchi yil muddatlarni buzmoqda.
Cobalt va Lacetti`dan keyin UzAuto Motors kompaniyasi Damas va Labo avtomobillari bo‘yicha shartnoma tuzishni to‘xtatdi. Ayni paytda xaridorlar uchun budjetli avtomobillardan faqat yetkazib berish muddati 2023 yil 31 dekabr bo‘lgan Onix mavjud.
Tijorat banklari 16 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 220 — 11 270 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 285 so‘m.
Markaziy bank ichki va tashqi iqtisodiy omillar hisobiga narxlarga bo‘lgan bosim yuqori qolayotganini qayd etdi. Shuningdek, logistika va tashish narxlarining qimmatlashuvi tovarlar va xizmatlar narxiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yalpi taklifdagi ayrim uzilishlar inflyatsiyani oshirishi ehtimoldan holi emas.
Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qildi.
ITIM tahlillariga ko‘ra, noyabr oyida O‘zbekistonda 160 mingga yaqin avtoulov sotilib, oylik o‘sish 41%ni tashkil etdi. Hududlar kesimi bo‘yicha yuqori faollik Toshkent shahri, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida kuzatildi. Shuningdek, mahalliy avtomashinalar 58%ga, xorijiy avtomobillar sotuvi esa 69%ga o‘sdi.
Tijorat banklari 15 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 230 — 11 280 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 310 so‘m.
Uzbekistan Airways`ni isloh qilishga Turkish Airlines`ning sobiq raisi Ilker Ayji jalb qilindi. U O‘zbekiston prezidentiga aviakompaniyani transformatsiya qilish strategiyasi haqida axborot berdi. Uzbekistan Airways`ni yetakchi mintaqaviy aviakompaniyaga aylantirish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda yangi Air Samarkand xususiy aviakompaniyasi tashkil etildi. Uning tovar belgisiga tadbirkor Baxtiyor Fozilov tomonidan ta’sis etilgan Sam Air kompaniyasi egalik qiladi. Aviatashuvchi Rossiya va Osiyoga 14 ta yo‘nalishda parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
YeTTB Buxoro viloyatida umumiy quvvati 1 GVt gacha bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyasini qurish uchun 520 mln dollargacha bo‘lgan ikkita sindikatlangan kredit ajratmoqda.
Markaziy bank 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda milliy valyutadagi pul massasi 0,4 trln so‘mga ko‘payib, 125,1 trln so‘mga yetganini ma’lum qildi. Muomaladagi naqd pullar qoldig‘i esa 2,4 trln so‘mga qisqarib, 41,3 trln so‘mni tashkil etmoqda.
ITIM ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozoridagi faollik 11 oy davomida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 9 foizga oshdi. Ikkilamchi bozorda o‘rtacha narxlar 15,8 foizga, xususan, poytaxtda 22,7 foizga ko‘tarildi. Shu bilan birga, uy-joy ijarasi bozoridagi vaziyat barqarorlashayotgani qayd etildi.
Noyabr oyida aholi va tadbirkorlarning inflyatsiya bo‘yicha kutilmalari biroz oshdi. Respondentlar tomonidan valyuta kursining qadrsizlanishi, yoqilg‘i va energiya resurslari, shuningdek, import qilinadigan xom ashyo va butlovchi qismlar narxining qimmatlashuvi narxlarni oshiruvchi omillar sifatida qayd etildi.
Tijorat banklari 14 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 250 — 11 310 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa 11 340 so‘m.
Prezident qarori bilan 1 aprelgacha tadbirkorlarning energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari tekshiriladi. Tekshiruv prezident huzuridagi Tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishmasdan amalga oshiriladi.
Tijorat banklari 13 dekabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 245 — 11 300 so‘mdan sotib olmoqda, sotish kursi esa aksariyat banklarda 11 330 so‘m.
O‘zbekiston prezidenti AI-80 benzinini 2023 yil 1 martiga qadar aksiz solig‘idan ozod qilishni nazarda tutgan qarorni imzoladi. Hujjatda «O‘zneftgazinspeksiya» va «O‘zenergoinspeksiya»ga biznes ombudsman bilan kelishmasdan tadbirkorlar faoliyatini tekshirishga ruxsat berilmoqda.
12 dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti OTP Bank bank boshqaruvi raisi Shandor Chanini qabul qildi. Davlat rahbari «Ipoteka-bank»ni xususiylashtirish bo‘yicha bitimi muvaffaqiyatli yakuni va Yevropaning yetakchi bank-moliya instituti O‘zbekiston bozoriga kirib kelgani bilan bank boshqaruvi raisini tabrikladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting