Toshkent davlat agrar universiteti hududida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. FVV “vaziyat to‘liq nazoratga olingan”ini ma’lum qildi. Ma’lumotlar yangilanmoqda.
Farg‘ona aeroportida birinchi rasmiy aviaspotting bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston va qo‘shni davlatlardan kelgan 15 nafar aerofotograf samolyotlarning uchish va qo‘nishini kuzatdi. Ularning bir qismi So‘xga ham uchib bordi. Foto.
Aprelda Xatirchi tumanidagi mahallalardan birida o‘qituvchi Cobalt mashinasini haydab ketayotib, ikki o‘quvchi qizni urib yuborgan. Ulardan biri YTH joyida, ikkinchisi ikki kundan keyin shifoxonada vafot etgan. Haydovchi sudda chalg‘igani va boshqaruvni yo‘qotganini aytdi. U 5 yil qamoq jazosini oldi.
Prezident Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutiga tashrif buyurdi. Uning binosi ta’mirlanib, ikkita yangi bino qurilgan. Institut yangi jihozlar bilan ta’minlangan, STEM laboratoriyasi, inklyuziv ta’lim va psixolog xonalari, media studiyasi va muzey tashkil etilgan.
Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamentining rahbari Komil Allamjonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Shahrixon tumanida reklama banneri o‘rnatayotgan yollanma ishchini elektr toki urdi. Andijon viloyati FVBga ko‘ra, qutqaruvchilar fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatdi. Hozirda uning ahvoli yaxshiligi aytilmoqda.
Sardor Mirzayev va Atabek Allaberganov Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimida ish boshladi. Sardor Mirzayev avval palatadagi Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini audit qilish shu’basi mudiri, Atabek Allaberganov esa Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
“Adolat” SDP o‘z saylovoldi dasturida sudyalar sonini aholi soniga mutanosib ravishda ko‘paytirish taklifini ilgari surmoqda. Bu odil sudlov sifatini yaxshilash, sudyalarning ish hajmi va ish yuklamasini kamaytirishga yordam beradi.
Yuqori Chirchiq tumanida Cobalt haydovchisi piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 11 yoshli o‘quvchini urib yubordi. Toshkent viloyati YHXBga ko‘ra, qizga birinchi yordam ko‘rsatilgan va ahvoli yaxshiligi sabab uyiga ruxsat berilgan.
O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 mlrd so‘mgacha kredit ajratiladi. Shuningdek, bu kredit foizining asosiy stavkaning 1,5 barobaridan oshgan qismi budjetdan qoplab beriladi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilishini, unda g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga uch xonali uy sovg‘a qilinishini ma’lum qildi.
Prezident o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning yangi chora-tadbirlarini ma’lum qildi. Kelasi o‘quv yilidan boshlab xalqaro malaka sertifikatini berish boshlanadi. Uni olgan o‘qituvchilar boshqa ustamalarni hisobga olgan holda oylik maoshini 4,5 mln so‘mdan 12 mln so‘mgacha oshirishi mumkin bo‘ladi.
Prezident fan olimpiadalariga tayyorlash markazi tashkil etilishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, rag‘batlantiriladigan xalqaro fan olimpiadalari soni 18 tadan 22 taga yetkaziladi. Ilk bor xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar jamoasi rahbarlarini ham rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
12-oktabrda “Anhor” parki karting markazida xalqaro reklama konferensiyasi, Kann festivali g‘oliblarining loyihalari namoyishi, TAF!24 tanlovi va “2024-yil reklamasi” tanlovining g‘oliblarini taqdirlash marosimi, shuningdek, hamkorlardan sovrinlar qo‘yilgan tanlovlar o‘tkaziladi.
Hafta davomida respublika bo‘yicha o‘rtacha iliq va quruq ob-havo kuzatiladi. Faqat ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechalari +7…+17, kunduz kunlari +22…+30 daraja atrofida bo‘ladi. Joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
Bola huquqlari bo‘yicha vakil Surayyo Rahmonovaning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda so‘nggi uch yilda 2 mingdan ortiq inson ota-onalik huquqidan mahrum qilingan. Bolalar ombudsmani ota-onalik huquqidan mahrum qilishga nimalar sabab bo‘lgani va bundan aziyat chekkan bolalarning keyingi taqdiri haqida so‘zladi.
O‘zbekistonda yaqin uch oy ichida issiqxonalarga gaz uchun joriy 100 foiz emas, 50 foizlik oldindan to‘lovni amalga oshirishga ruxsat beriladi. Shuningdek, ularga elektr va gaz uzilishlari haqida oldindan xabar beriladi.
AQShning “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi — DV” (Green Card) dasturida qatnashish uchun anketa to‘ldirish 2-oktabrdan 5-noyabrgacha davom etadi. Bu yil AQSh hukumati dastur uchun 55 ming viza ajratganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda o‘tayotgan futzal bo‘yicha JCH-2024 da 29-sentabr kuni ilk yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Braziliya Buxoroda Marokashni 3:1 hisobida yengdi, Ukraina esa Toshkentda Venesuelani 9:4 hisobida tor-mor keltirdi. 30-sentabr kuni Qozog‘iston yarim final uchun Argentinaga qarshi bahs olib boradi.
Ish haqi, eng kam ish haqi va BHM oshiriladi, parranda go‘shti importiga berilgan imtiyoz bekor qilinadi, ovchilik guvohnomasini olish uchun yangi qoidalar joriy etiladi, modulli mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi — 1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi?
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting