«Ufa» futbolchisi, 19 yoshli o‘zbekistonlik Oston O‘runov rasman Moskvaning «Spartak» klubiga o‘tdi. U «qizil-oqlar» bilan uzoq muddatli shartnoma tuzdi. Yosh futbolchi 20-raqam ostida to‘p suradi. Transfer summasi e’lon qilinmadi.
Shahardan Toshkent viloyatiga 1010 ga, viloyatdan poytaxtga 10196 ga yer maydoni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Prezident poytaxt va Toshkent viloyati tumanlari hududlarini o‘zgartirish masalalarini ko‘rib chiqdi.
«Biz karantinni qancha uzoq vaqt davom ettirsak, odamlarni shunchalik qiynab qo‘yamiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda. U zudlik bilan koronavirus bilan kasallangan barcha bemorlarni qamrab oladigan davolash tizimini yo‘lga qo‘yishni buyurdi.
Yil yakuniga qadar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlari arxivlarida qog‘oz tashuvchilarda saqlanayotgan hujjatlarning elektron bazasi shakllantiriladi. Buning uchun respublika byudjetidan 30 mlrd so‘m ajratilishi belgilangan.
Livan poytaxtidagi portda ro‘y bergan kuchli portlashga bojxonachilar 2015 yilda musodara qilgan 2700 tonna ammiakli selitra sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Hodisa qurbonlari soni 100 nafardan oshdi. Mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilindi.
Samarqand aeroporti rekonstruksiyadan so‘ng o‘tkazish qobiliyatini soatiga 600 dan 1200 yo‘lovchiga oshiradi. Shuningdek, 22 ta havo kema uchun to‘xtash va uchish-qo‘nish yo‘lagi qurilishi yakunlanmoqda.
COVID markazlari xodimlariga koronavirusga qarshi kurashish davrida beriladigan moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari miqdori belgilandi: vrach xodimlarga — 2,5 mln so‘m, o‘rta tibbiyot xodimlariga — 1,5 mln so‘m, kichik tibbiyot xodimlariga — 1 mln so‘m va boshqa xodimlarga — 500 ming so‘m.
Yil yakuniga qadar ijtimoiy nafaqalarni tayinlash bosqichma-bosqich «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu tizim qanday ishlaydi, kam ta’minlangan oilalarga qanday nafaqalar tayinlanadi, qanday hollarda arizalar rad etiladi — batafsil.
COVID-19 bemorlari soni 267 nafarga ortib, jami 27314 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlar Toshkent shahrida, Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo va Navoiy viloyatlarida qayd etildi.
O‘zbekistonda kun davomida aniqlangan koronavirus holatlari soni 746 tani tashkil etib, umumiy ko‘rsatkich 23 mingtaga yetdi. Shuningdek, kasallikdan sog‘ayganlar 18 mingdan oshdi.
O‘zbekiston va Rossiya markaziy banklari kompyuter hujumlariga qarshi kurashish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
O‘zbekiston bank tizimidagi muammoli kreditlar ulushi yil boshidan buyon 1,4 foizga o‘sib, 2,9 foizga (7 trln so‘m) yetdi. Aksariyat banklarda kredit portfelining sifati yomonlashgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazir o‘rinbosariga tez orada vaksina ishlab chiqarishni boshlashi kutilayotgan Xitoy, Hindiston, Buyuk Britaniya, Rossiya farmatsevtika kompaniyalaridan vaksinani xarid qilish va mamlakat aholisi vaksinatsiyasini amalga oshirish yo‘llarini puxta o‘rganib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
Namanganda Tracker yo‘lni kesib o‘tayotgan olti yoshli bolani urib yubordi. Boshqa bir YTHda esa «Moskvich» qarama-qarshidan kelayotgan Nexia bilan to‘qnashdi. Bola va Nexia haydovchisi hayotdan ko‘z yumdi.
Toshkentlik ikki nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor (erkak) o‘tkir nafas, yurak qon-tomir va poliorgan yetishmovchiligidan hamda o‘tkir respirator distress sindromidan vafot etdi.
Xorazm viloyati Gurlan tumanida sodir etilgan «samosud» bo‘yicha ma’lumot berildi. Aniqlanishicha, 24 yoshli ayol turmush o‘rtog‘i bilan uchrashgan 20 yoshli boshqa bir ayolni dugonalari bilan birgalikda ushlab olib, kaltaklagan.
Korrupsiya mojarosi markazida qolgan Ispaniyaning sobiq qiroli Xuan Karlos I mamlakatni tark etdi. Ispaniya prokuraturasi u Saudiya Arabistonida temir yo‘l qurilishi vaqtida pullarni o‘g‘irlagan, degan gumonda.
O‘zbekistonda yarim yil davomida 75,5 mingta nikoh va 12,8 mingta ajrimlar ro‘yxatga olinib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 27,5% va 20% pastroq ko‘rsatkich qayd etildi. Ajrashgan oilalarning 19,6 foizi (2500 taga yaqini) ikki va undan ortiq farzandga ega.
AQSH prezidenti Donald Tramp agar Xitoyning TikTok ilovasi 15 sentyabrga qadar Microsoft yoki boshqa amerikalik kompaniya tomonidan sotib olinmasa, mamlakatda uning taqiqlanishi haqida e’lon qildi. Sotib olingan taqdirda, kelishuvdan tushgan mablag‘ning bir qismini AQSH G‘aznasiga tushirilish sharti qo‘yildi.
Prezident 2025 yilgacha mo‘ljallangan statistikani rivojlantirish milliy strategiyasini tasdiqladi. Davlat statistika qo‘mitasining barcha davlat idoralaridan mustaqilligi ta’minlanadi. Qo‘mita qoshidagi jamoat kengashiga nodavlat-notijorat tashkilotlar, biznes va ommaviy axborot vositalari vakillari jalb qilinadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting