Usmon Sharifxo‘jayev o‘rniga maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Sherzod Karimov tayinlandi. Bungacha u Vazirlar Mahkamasining “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamentida ishlagan.
Hukumat qarori bilan Atom energiyasi agentligining vazifalari belgilandi. Idora atom energiyasidan foydalanish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Markaziy saylov komissiyasi yagona saylov okrugi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi natijalarini tasdiqladi va siyosiy partiyalar o‘rtasida 75 deputatlik mandatini taqsimladi.
Prezident qarori bilan vazirlik va idoralarning rahbar va ishlab chiqarish xodimlari soni yana 2845 taga (5,2 foiz) qisqartirilmoqda. Hokimliklarning boshqaruv apparati xodimlari soni ham kamaytiriladi.
MDHning O‘zbekistondagi deputatlik saylovini kuzatish missiyasi rahbari Sergey Lebedev saylovlar ochiq, raqobat va adolatli o‘tganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, saylovchilar siyosiy yetuklik ko‘rsatib, nomzodlarning va’dalarini bajara olish-olmasligini to‘g‘ri baholay boshlagan.
Vladimir Jollibekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari — Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi rahbari etib tayinlandi.
Saylov kuni uchastka saylov komissiyalarida ayrim kamchiliklar qayd etildi: pasportning telefondagi rasmi asosida ovoz berish imkoniyati, kabinalarda bir vaqtda bir necha kishi bo‘lgani va boshqalar. Zayniddin Nizomxo‘jayevning aytishicha, holatlar o‘rganildi va ular saylovning umumiy natijasiga ta’sir qilmaydi.
O‘zbekistonda 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan deputatlik saylovlarining dastlabki natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O‘zLiDeP — 64 ta, “Milliy tiklanish” — 29 ta, “Adolat” — 21 ta, XDP — 20 va Ekopartiya esa 16 ta o‘ringa ega bo‘ldi.
Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan deputatlik saylovida ro‘yxatga olingan saylovchilarning 74,72 foizi ovoz berganini ma’lum qildi.
2023-yil kuzidan beri O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi vazifasini bajarib kelayotgan Dilshod Axatov ayni paytda Shveysariyaga ham elchi etib tayinlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi rahbari Akmal Burxanov saylov uchastkasiga qizi bilan birga keldi. “Gazeta.uz” bilan suhbatda u nima uchun saylovda qatnashayotgani, parlament ishidan qanchalik qoniqish hosil qilayotgani va uning yangi tarkibidan nimalar kutayotganini aytib o‘tdi.
“Gazeta.uz” muxbirlari Toshkentdagi 621-saylov uchastkasida ovoz berishning yakunlanishi va undan keyingi sanoq jarayonini qisman kuzatdi. Sanoqqa kirishgach, uchastka saylov komissiyasi a’zolari muxbirlardan muassasani tark etishni so‘radi.
“Gazeta.uz” muxbiri saylov komissiyasi a’zolari bilan birga Toshkentdagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj ikki saylovchining xonadonida bo‘ldi. Umuman, O‘zbekistonda ovoz berish uchun saylov uchastkasiga mustaqil ravishda kela olmaydigan jami 46,3 ming saylovchi ro‘yxatga olingan edi.
Deputatlikka saylovlarda soat 17:00 gacha 14 milliondan ortiq fuqaro ovoz berib bo‘ldi. Ular orasida to‘yi saylov kuniga to‘g‘ri kelgan kelin-kuyovlar, yoshi 100 dan oshgan otaxonu onaxonlar ham bor. “Gazeta.uz” ularning ayrimlarini imkon qadar bir sahifaga jamladi.
Qator mamlakatlarda O‘zbekistondagi deputatlar saylovi bo‘yicha ovoz berish allaqachon yakunlandi. AQShda esa u endigina boshlandi. Xorijiy saylov uchastkalarida saylov qanday o‘tmoqda? Bu bilan O‘zbekistonning Yevropa, Osiyo va AQShdagi elchixonalari tomonidan “Gazeta.uz”ga taqdim etilgan suratlarda tanishing.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan saylovchilar soni 831 mingdan ortiq. Ular saylovda ishtirok etishi uchun uchastkalarda maxsus kabinalar tashkil etilgan. “Gazeta.uz” muxbirlari Toshkentdagi sharoitlar bilan tanishdi.
Oliy sud vakili deputatlik saylovlarida Toshkent shahri va Samarqand viloyatida saylov qonunchiligi buzilishi yuzasidan ikkita ma’muriy ish ko‘rib chiqilganini ma’lum qildi. Bitta holatda fuqaro jarimaga tortilgan.
O‘zbekistonda ovoz berish uchastkalari ochilganidan besh soat o‘tar-o‘tmas parlament saylovlari bo‘lib o‘tgan deb topildi. Ovoz berish jarayoni 20:00 ga qadar davom etadi. “Gazeta.uz” muxbirlar kun davomida Toshkentdagi turli saylov uchastkalarida bo‘lib, jarayonni kuzatib bormoqda.
Deputatlar saylovida ovoz berish uchun jazoni ijro etish muassasalaridagi 40,5 mingga yaqin mahkum ro‘yxatga olingan. Bu joylarda 48 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.
O‘zbekistonning Afg‘onistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib Oybek Usmonov tayinlandi. Tayinlovga qadar u Misr va Pokistonda elchi bo‘lgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting