Siyosat

Faollarda O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida qurilajak AES bo‘yicha savollar bor
28 may 2024, 11:36

Faollarda O‘zbekistonda Rossiya ishtirokida qurilajak AES bo‘yicha savollar bor

2024-yil yozida Jizzax viloyatida Rossiya texnologiyasi asosida kam quvvatli atom elektr stansiyasi (AES) qurilishi boshlanishi kutilmoqda. O‘zbekistonlik faollar loyiha jamoatchilikka taqdim etilishi kerakligini ta’kidlab, hukumatdan barcha ma’lumotlarni ochiqlashini so‘ramoqda.

“Biz hali bu masalada zaruriy tartibni yo‘lga qo‘yamiz”. Shavkat Mirziyoyev — mehnat migratsiyasi haqida
27 may 2024, 20:12

“Biz hali bu masalada zaruriy tartibni yo‘lga qo‘yamiz”. Shavkat Mirziyoyev — mehnat migratsiyasi haqida

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari mehnat migratsiyasi masalasini muhokama qildi. “Vladimir Vladimirovich ushbu nozik masala bo‘yicha takliflarimni qo‘llab-quvvatlaganidan juda mamnunman. O‘ylaymanki, biz hali bu masalada har ikki tomondan zaruriy tartibni yo‘lga qo‘yamiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

“Biz uchun bu loyiha hayotiy ahamiyatga ega”. Shavkat Mirziyoyev — O‘zbekistonda kichik AES qurish haqida
27 may 2024, 19:40

“Biz uchun bu loyiha hayotiy ahamiyatga ega”. Shavkat Mirziyoyev — O‘zbekistonda kichik AES qurish haqida

Prezident kichik AES qurish loyihasini “hayotiy ahamiyatga ega” deb atadi. “Agar biz O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichiga chiqish istiqbollari haqida o‘ylasak, katta miqdordagi uran zaxiralariga ega va uni uchinchi davlatlarga eksport qilayotgan mamlakatimiz uchun bu loyiha hayotiy ahamiyatga ega”, — dedi u.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 27 ta hujjat imzolandi
27 may 2024, 18:55

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida 27 ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Rossiya delegatsiyalari o‘rtasida 27 ta hujjat, jumladan, kichik atom stansiyalari qurish, Moskva texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallarini ochish bo‘yicha shartnomalar imzolandi.

Mirziyoyev va Putin tovar ayirboshlash hajmini 30 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
27 may 2024, 18:01

Mirziyoyev va Putin tovar ayirboshlash hajmini 30 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi

O‘zbekiston prezidenti Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar chog‘ida mamlakatlar o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 30 mlrd dollarga yetkazish, gaz tashish tizimini modernizatsiyalash, gaz, neft va neft mahsulotlari yetkazib berishni ko‘paytirish va boshqalar bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston va Rossiya kichik AES qurish bo‘yicha shartnoma imzolaydi — Shavkat Mirziyoyev
27 may 2024, 17:44

O‘zbekiston va Rossiya kichik AES qurish bo‘yicha shartnoma imzolaydi — Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Rossiya O‘zbekistonda kam quvvatli atom elektr stansiyalarini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha “muhim kelishuv” imzolashini ma’lum qildi.

Mirziyoyev Putinga: “Hududlarga xalal bermay, yordam ko‘rsatilsa, natija juda yuqori bo‘ladi”
27 may 2024, 15:44

Mirziyoyev Putinga: “Hududlarga xalal bermay, yordam ko‘rsatilsa, natija juda yuqori bo‘ladi”

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari hamkorlikni chuqurlashtirish, mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qildi. Mirziyoyev Putinga ilk tashriflaridan birida O‘zbekistonni tanlagani uchun minnatdorlik bildirdi. Toshkentda o‘tadigan hududlararo birinchi forumda Rossiyaning 28 ta hududi rahbarlari qatnashadi.

O‘zbekistonda Rossiyaning 2 ta oliygohi filiallari ochiladi
27 may 2024, 15:27

O‘zbekistonda Rossiyaning 2 ta oliygohi filiallari ochiladi

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvida O‘zbekistonda Bauman nomidagi Moskva texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallari ochilishi ma’lum bo‘ldi. Yetakchilar, shunindek, atom energetikasi, qishloq xo‘jaligi, migratsiya, xavfsizlik va boshqa sohalarda hamkorlik haqida gaplashdi.

Foto: Ko‘ksaroy qarorgohida Rossiya prezidentini kutib olish marosimi bo‘ldi
27 may 2024, 14:17

Foto: Ko‘ksaroy qarorgohida Rossiya prezidentini kutib olish marosimi bo‘ldi

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Putin “Yangi O‘zbekiston” majmuasiga bordi (foto)
26 may 2024, 22:36

Putin “Yangi O‘zbekiston” majmuasiga bordi (foto)

Toshkentga kelgan Rossiya prezidenti O‘zbekiston prezidenti hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurdi. Vladimir Putin Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yib, Yangi Toshkent me’moriy ansambli va qurilish loyihasi bilan tanishdi. Foto.

Rossiya prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)
26 may 2024, 21:15

Rossiya prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi (foto)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. Uni aeroportda Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Bu Vladimir Putinning mart oyida qayta saylanganidan keyingi ikkinchi davlat tashrifi hisoblanadi. Foto.

O‘zbekistonda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etilmoqda
26 may 2024, 17:59

O‘zbekistonda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tashkil etilmoqda, u yadro energetikasi va yadro texnologiyalari obyektlari, shuningdek, xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavfsizlik siyosati uchun mas’ul bo‘ladi.

Putin 26−27-may kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi
23 may 2024, 19:03

Putin 26−27-may kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan 26−27-may kunlari mamlakatda O‘zbekistonda bo‘ladi. Tomonlar bir nechta qo‘shma hujjatlar imzolashni rejalashtirmoqda.

Nodirbek Sayfullayev O‘zDSMI rektori etib tayinlandi
22 may 2024, 21:41

Nodirbek Sayfullayev O‘zDSMI rektori etib tayinlandi

PA Madaniyat va san’atni rivojlantirish shu’basi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan Nodirbek Sayfullayev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori lavozimiga tayinlandi. U bundan avval Milliy rassomlik va dizayn institutiga ham rektorlik qilgan.

Toshqinlar munosabati bilan O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini yubordi
22 may 2024, 10:38

Toshqinlar munosabati bilan O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordamini yubordi

O‘zbekiston suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan Afg‘oniston xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi. Yordam tarkibida chodirlar, shuningdek, un, guruch, konserva, makaron, yog‘ va boshqa mahsulotlar bor.

Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashadi
21 may 2024, 17:41

Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashadi

22-may kuni Eronda o‘tadigan marhum prezident Ibrohim Raisiy bilan vidolashuv marosimida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etadi. Unga Qonunchilik palatasi cpikeri Nurdinjon Ismoilov boshchilik qiladi.

Prezident Eron elchixonasiga borib, hamdardlik kitobiga taskin so‘zlarini yozdi
21 may 2024, 15:30

Prezident Eron elchixonasiga borib, hamdardlik kitobiga taskin so‘zlarini yozdi

Shavkat Mirziyoyev Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurib, prezident Ibrohim Raisiy vafoti munosabati bilan Eron xalqiga hamdardlik bildirdi. Davlat rahbari hamdardlik kitobiga taskin so‘zlarini yozib qoldirdi.

Vladimir Putin davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
21 may 2024, 14:58

Vladimir Putin davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qilib, Rossiya prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini muhokama qildi.

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi
21 may 2024, 11:51

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan ittifoqchilik to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

Qosim-Jomart Toqayev Qozog‘iston va O‘zbekistonning ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy, tranzit-transport, energetika, fuqaro mudofaasi va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

Ohangaron tumanida hokim almashdi
20 may 2024, 12:47

Ohangaron tumanida hokim almashdi

2023-yil avgust oyidan beri Toshkent viloyati Ohangaron tumaniga hokimlik qilib kelgan Erkin Muhitdinov lavozimidan ozod etilib, viloyat hokimi birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Uning o‘rnini viloyat hokimi yordamchisi Doniyor Madirimov egalladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting