Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Yojef Roja tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.
O‘zLiDeP fraksiyasida Qonunchilik palatasi va Senat vakolatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, parlament palatalariga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolatini berish, quyi palata spikeri o‘rinbosarlarini 7 tadan 2 tagacha qisqartirish kutilmoqda.
Toshkentning Chilonzor tumanida qurigan 29 tup daraxt kesib tashlandi. 2021-yil bahorida “obodonlashtirish” doirasida ushbu hududdagi 55 tup daraxt tagiga polietilen plyonka to‘shalib, keramzit sepilgandi. Oqibatda 33 ta daraxtda qurish belgilari aniqlangan.
O‘zbekistonda hafta davomida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kechalari va ertalab harorat +12…+17 daraja atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari +30 darajagacha isiydi. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Qarshidagi jamoat salomatligi texnikumi va Farg‘onadagi TATU filialiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarolardan pul olishda gumonlanganlar qo‘lga olindi.
Chilonzor, Yakkasaroy va Mirzo Ulug‘bek tumanlaridagi ayrim hududlar 25-sentabr kuni elektr ta’minotidan vaqtincha uziladi.
Akfa universitetining sobiq rektori Bexzod Jalilov OTM yangi rahbariyati qo‘ygan ayblovlarni rad etdi. U OTM kuzatuv kengashi raisi Abdujabbor Abduvohidovni obro‘siga dog‘ tushirish va tahdidlarda ayblab, oliygoh rivojiga e’tibor qaratishini maslahat berdi va prezidentdan xavfsizligini ta’minlashni so‘radi.
Shavkat Mirziyoyev Italiyaning sobiq prezidenti, senator Jorjo Napolitano vafoti munosabati bilan mamlakat prezidenti va xalqiga ta’ziya yo‘lladi.
Yakshanba kuni Mudofaa vazirligiga qarashli oliy harbiy ta’lim muassasalarida birinchi bosqich kursantlarining qasamyod qabul qilish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Foto.
Toshkentdagi “Hamza” temiryo‘l bekatida poyezd ustiga chiqib, selfi tushmoqchi bo‘lgan 18 yoshli yigitni 27 ming voltli tok urdi. Hozirda uning ahvoli og‘irligi aytilmoqda.
DXX Sirdaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarida qalbaki valyutalarning muomalaga chiqarilishiga chek qo‘ydi. Xususan, bir holatda qalbaki 10 ming dollarni 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar, yana birida esa soxta 14 ming dollarni o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi.
Central Asian University universitetida (sobiq Akfa) talabalar — ikki yillik tayyorgarlikdan so‘ng ikkinchi bosqichga o‘qishga qabul qilingan maktab bitiruvchilariga o‘qishni davom ettira olmasliklari aytildi. Ular OTMga kiritilmayapti. Universitet sobiq rahbariyat qonunni buzganini da’vo qilmoqda.
Central Asian University universitetida (sobiq Akfa) talabalar — ikki yillik tayyorgarlikdan so‘ng ikkinchi bosqichga o‘qishga qabul qilingan maktab bitiruvchilariga o‘qishni davom ettira olmasliklari aytildi. Ular OTMga kiritilmayapti. Universitet sobiq rahbariyat qonunni buzganini da’vo qilmoqda.
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonda bolalarning ommaviy zaharlanishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Ayni paytda ish Namangan viloyat prokuraturasidan Bosh prokuraturaga o‘tkazilgan.
Toshkentda 25−27-sentabr kunlari Automotive Industry Tashkent 2023 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda mehmonlar avtomobilsozlik sanoatining so‘nggi texnologiyalari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Namangan viloyatida 2 kun davomida 450 nafar bolaning sog‘lig‘i yuzasidan shikoyatlar kelib tushgan bo‘lsa, shundan 306 nafari Chust tumaniga to‘g‘ri keladi, dedi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Bositxonova. Uning qayd etishicha, bolalarning sog‘lig‘i yomonlashishiga zaharlanish emas, ORVI sabab bo‘lishi mumkin.
Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda 2023-yilda iqtisodiy o‘sish prognozini 5 foizdan 5,5 foizga yaxshiladi. Bank ish haqi va pensiyalar oshishiga qaramay, aholining real daromadlari kamaygani sababli iste’molning sekinlashishiga ishora qilmoqda. Inflyatsiya kutilmalari esa MB prognozidan ancha yuqoriligicha qolmoqda.
O‘zbekistondagi yirik bozorlar, istirohat bog‘lari va xiyobonlarning ma’muriyati bilan birgalikda obyektlarning asosiy kirish joylariga shaxsni yuzidan tanib oladigan videokameralar o‘rnatiladi.
O‘zbekistonda 2023-yil 1-noyabrdan boshlab respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari inson resurslarini boshqarishga oid hujjatlar elektron platformada (hrm.argos.uz) shakllantiriladi va yuritiladi.
“Gazeta.uz” kitobxonlikni targ‘ib etishga qaratilgan “Nima o‘qiymiz?” loyihasini davom ettiradi. Sara asarlar, o‘qilishi maqsadga muvofiq hisoblangan kitoblar ro‘yxati haqida olim, tadqiqotchi, yozuvchi-shoir, tarjimon, jurnalist va jamoat faollarining tavsiyalarini sizga yetkazamiz.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting