O‘zbekiston elchixonasi Dehli aeroportida 5 kg oltin bilan qo‘lga olingan o‘zbekistonliklar tergovini nazoratga oldi. Diplomatik missiya vaqtincha hibsga olingan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazish choralarini ko‘rmoqda.
Sergeli tumanidagi avtotyuning ustaxonasi qarshisida yuqori tezlikda harakatlangan Kia haydovchisi 27 yoshli piyodani urib yubordi. Fuqaro shifoxonada vafot etdi. Tarmoqlarda piyoda ikki mashina o‘rtasida uyushtirilgan poyga yo‘lagiga tushib qolganini ko‘rish mumkin.
Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Rossiya prezidenti bilan uchrashuvda “Krokus”dagi terakt tojik xalqi imijiga jiddiy zarba bo‘lganini bildirdi. Rahmon terrorizmning millati va dini yo‘qligini, bu global muammo ekanini ta’kidladi.
Xitoyda 2024 Chery International Business Conference bo‘lib o‘tdi. Unda kompaniya vakillari yangi “Jamoatchilik farovonligi va ESG amaliyotlari” loyihasini taqdim etdi.
9-may kechqurun poytaxtdagi “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘ida mushakbozlik namoyishi bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari hamkorlik, jumladan, savdo-iqtisodiy sohalarni muhokama qildi. “O‘zbekistondan o‘tgan yilgidek meva-sabzavot kutyapmiz. Bu siz uchun ham, biz uchun ham yaxshi”, — dedi Putin. “Bizda Rossiya bozorini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan to‘ldirish imkoni bor”, — dedi Mirziyoyev.
Armaniston 2023-yil noyabrida qabul qilingan KXSHTning 2024-yil uchun budjeti haqidagi qarorga qo‘shilmaydi. Shunga qaramay, mamlakat tashkilotning a’zosi bo‘lib qoladi.
Toshkent viloyati Olmaliq shahrida fuqaro xonadoniga bir bosh dala echkiemari kirib qolgani aniqlandi. Jonivor Ekologiya vazirligi xodimlari tomonidan ochiq tabiatga qo‘yib yuborildi. Video.
Fransiyaning Suez kompaniyasi yetti yilda Toshkent suv ta’minoti tizimidagi 30 mingga yaqin suv sizib chiqishini bartaraf etishni rejalashtirmoqda, dedi kompaniya bosh direktori Pol Burdiyon. Kompaniya oqova suvlarni qayta ishlash va sanoat, qishloq xo‘jaligi, bog‘ va parklarni sug‘orishda foydalanishni taklif etmoqda.
YeI 600 ming yevro miqdorida grant ajratdi. Ushbu mablag‘lar hisobidan Fransiya taraqqiyot agentligi va BMTTD ko‘magida O‘zbekistonda yashil budjetlashtirish tamoyillari joriy etiladi. Bu budjetni shakllantirishda Barqaror rivojlanish maqsadlari va ekologik kun tartib hisobga olinishini anglatadi.
O‘zbekiston prezidenti YeOIIning yubiley sammitida ishtirok etib, O‘zbekiston amaliy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. U agrosanoat, “yashil” texnologiyalar, mehnat migrantlari uchun sharoitlar yaratish va turizm yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi.
18-may kuni Toshkentdagi Botanika bog‘ida YeIning O‘zbekiston bilan hamkorlikning 30 yilligiga bag‘ishlangan festivali bo‘lib o‘tadi. Tadbir davomida YeI tomonidan moliyalashtirilgan 40 dan ortiq loyihalar taqdim etiladi. Ishtirokchilarni o‘yinlar va viktorinalar, shuningdek, gala-konsert kutmoqda.
O‘tgan aprel oyi butun dunyo bo‘ylab kuzatuvlar tarixidagi eng issiq aprel bo‘ldi, shuningdek, meteorologlar ketma-ket 11-oy harorat rekordini qayd etdi.
O‘zbekistonda Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi tashkil etildi. Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq vaziyatni hududlar kesimida o‘rganish markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi. Markaz direktorining maqomi prezident maslahatchisi o‘rinbosarinikiga tenglashtirildi.
Toshkent shahri Temur Malik ko‘chasidagi burilish joyi yopilgani munosabati bilan 9-maydan 30, 95, 110 va 129-sonli avtobuslarning harakat yo‘nalishi o‘zgaradi. Shuningdek, 72-avtobusning ish vaqti 5:00 dan boshlanadi.
O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurash bo‘yicha 4 yillik milliy strategiya qabul qilindi. Bunda ichki ishlar organlarini narkotesterlar bilan ta’minlash, jinoyatlarni aniqlashda dronlardan foydalanish, mutaxassislar tayyorlash hajmini 5 baravarga oshirish va boshqalar maqsad qilingan. Batafsil.
Toshkentda ilk bor mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali bo‘lib o‘tdi. 20 ga yaqin yirik ishlab chiqarish korxonasi o‘z mahsulotlarini namoyish etdi. O‘zbekiston mudofaa sanoati yutuqlari — “Gazeta.uz”ning katta fotoreportajida.
Toshkentda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining da’vosi bo‘yicha Binance xalqaro kriptobirjasi ishiga doir sud jarayoni davom etmoqda. “Gazeta.uz” uchinchi yig‘ilishda ishtirok etdi.
IIV jazoni o‘tash joylarida masofaviy videouchrashuvlar tashkil etish imkoniyatini yaratishni taklif qildi. Xavfsiz videoaloqa tizimini o‘rnatish uchun Inm International bilan 10 yillik to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish rejalashtirilgan.
AstraZeneca butun dunyo bo‘ylab o‘zining koronavirus vaksinasi uchun marketing ruxsatnomalarini qaytarib olishni boshladi. Kompaniya bu qadamni boshqa samaraliroq dorilarning ko‘pligi bilan izohladi. Ishlab chiqaruvchi avvalroq vaksinasi juda kamdan-kam hollarda trombozga olib kelishi mumkinligini tan olgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting