Chirchiq daryosida qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 83,3 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi
1 may 2024, 15:47

Chirchiq daryosida qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 83,3 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi

Ekologiya vazirligi Chirchiq daryosidan qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 83,3 mlrd so‘m zarar yetkazilganini aniqladi. Aybdorlarga chora ko‘rish maqsadida hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborildi.

O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e’lon qilindi
1 may 2024, 15:35

O‘zbekistonda eng ko‘p ish beruvchi 10 ta kompaniya nomi e’lon qilindi

Bandlik vazirligi O‘zbekistondagi 10 ta eng ko‘p ish beruvchi kompaniya ro‘yxatini e’lon qildi. Yuqori o‘rinni NKMK va OKMK egalladi.

AQSh Senati Rossiyadan uran importini taqiqlashni ma’qulladi
1 may 2024, 15:09

AQSh Senati Rossiyadan uran importini taqiqlashni ma’qulladi

AQSh Senati 2040-yil oxirigacha Rossiyadan boyitilgan uranni olib kirishni taqiqlashni ma’qulladi. Rossiya hozirda Amerika AESlarida yonilg‘i sifatida ishlatiladigan uranning deyarli to‘rtdan bir qismini yetkazib beradi.

Toshkentda o‘zbek tilidagi kitoblar va audiokitoblardan iborat Mutolaa mobil kutubxonasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
1 may 2024, 14:53

Toshkentda o‘zbek tilidagi kitoblar va audiokitoblardan iborat Mutolaa mobil kutubxonasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Mutolaa loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi — bepul mobil ilova o‘zbek tilidagi 1000 dan ortiq kitoblarni o‘z ichiga olgan, ularning yarmidan ko‘pi audio versiyasiga ega. Matnlar professional dublyaj aktyorlari tomonidan o‘qilgan.

Samarqandda Сobalt 15 yoshli o‘quvchi qizni urib yubordi
1 may 2024, 14:42

Samarqandda Сobalt 15 yoshli o‘quvchi qizni urib yubordi

Samarqand shahrida Сobalt yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 15 yoshli o‘quvchini urib yubordi. YTH oqibatida qiz shifoxonaga yotqizildi.

Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari 2 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda
1 may 2024, 14:39

Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosari 2 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani prokurori o‘rinbosariga nisbatan firibgarlik va pora moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U sud yurituvidagi ish yuzasidan aybdor shaxsga nisbatan jazoni yengillatib berish evaziga 2000 dollar olishda gumon qilinmoqda.

O‘zbekistonlik hokkeychilar U-18 Osiyo va Okeaniya kubogi chempioni bo‘ldi (video)
1 may 2024, 14:23

O‘zbekistonlik hokkeychilar U-18 Osiyo va Okeaniya kubogi chempioni bo‘ldi (video)

Hokkey bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi finalda Tailandni mag‘lub etib, U-18 Osiyo va Okeaniya kubogida ketma-ket ikkinchi bor chempionga aylandi.

O‘zbekistonning to‘qqizta hududida sel kelishi kutilmoqda
1 may 2024, 14:17

O‘zbekistonning to‘qqizta hududida sel kelishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 3−6-may kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi hisobiga to‘qqizta viloyatning tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuz berishi mumkin. Ayrim joylarda shamol kuchayib, chang-to‘zon ham kuzatiladi.

Yandex Go O‘zbekistonda elektromobillarni o‘z ichiga olgan tarifni ishga tushiradi
1 may 2024, 13:19

Yandex Go O‘zbekistonda elektromobillarni o‘z ichiga olgan tarifni ishga tushiradi

Yandex Go O‘zbekistonda elektromobillar, jumladan BYD, Dongfeng, Hongqi va boshqalarni o‘z ichiga olgan taksi tarifini ishga tushiradi. Kompaniya uning joriy etilishini mijozlarning elektromobillardan foydalanish bo‘yicha barqaror talabi bilan izohladi.

Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi
1 may 2024, 12:57

Bo‘stonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yo‘lining bir qismi vaqtincha yopiladi

Bektemir-Chorbog‘ qo‘rg‘oni avtomobil yo‘lining 34−54 kilometrlari oralig‘ida 3-maygacha transport harakati cheklandi. Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuruvchilarga Chirchiq shahri orqali harakatlanish tavsiya etiladi.

Turkmaniston O‘zbekistonni Tojikistonning issiqxona pomidori bozoridan siqib chiqarmoqda — EastFruit
1 may 2024, 12:37

Turkmaniston O‘zbekistonni Tojikistonning issiqxona pomidori bozoridan siqib chiqarmoqda — EastFruit

Turkmanistonning issiqxona pomidorlari Tojikiston bozoridagi o‘zbek pomidorini butunlay chiqarib yubordi, deb yozmoqda EastFruit. Moldova va Tojikistonda pomidor narxi O‘zbekistondagiga qaraganda arzonroq, Polshada esa deyarli teng. Portal O‘zbekistonning issiqxona xo‘jaligidagi muammolariga ham to‘xtaldi.

Namanganda 68 yoshli erkak 7 yoshli qizga nisbatan uyatsiz harakatlar qilganlikda gumonlanmoqda
1 may 2024, 11:58

Namanganda 68 yoshli erkak 7 yoshli qizga nisbatan uyatsiz harakatlar qilganlikda gumonlanmoqda

Yangi Namangan tumanida 68 yoshli erkak ko‘chada o‘ynayotgan 7 yoshli qizni mashinasiga chiqarib, unga nisbatan uyatsiz harakatlar qilishda gumonlanmoqda. Bolalar ombudsmani erkakning ichki ishlar tizimiga aloqasi yo‘qligi, holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani va tergov ketayotganini bildirdi.

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash choralari jamoatchilik bilan kelishiladi — DSQ va SSP
1 may 2024, 11:48

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash choralari jamoatchilik bilan kelishiladi — DSQ va SSP

DSQ va Savdo-sanoat palatasi muhokamalarga sabab bo‘lgan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish choralari bo‘yicha qaror loyihasi hukumatga kiritilishidan oldin jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilishini ma’lum qildi. Loyiha to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi va biznesga salbiy ta’sir talablari bartaraf etiladi.

O‘zbekistonda yil boshidan beri inflyatsiya qariyb 2,6 foizni tashkil etdi
1 may 2024, 11:31

O‘zbekistonda yil boshidan beri inflyatsiya qariyb 2,6 foizni tashkil etdi

Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda iste’mol narxlari oshishi 2,59 foizni tashkil etdi. Aprel oyida iste’mol narxlari 0,93 foizga oshdi.

Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar, Marhamat va Buloqboshi tumanlariga esa hokim tayinlandi
1 may 2024, 10:06

Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar, Marhamat va Buloqboshi tumanlariga esa hokim tayinlandi

Sardoba tumaniga hokimlik qilib kelgan Akmal Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi. O‘tkirbek Ma’murov Andijonning Marhamat tumaniga, Furqatbek Bo‘taxonov esa Buloqboshi tumaniga hokim etib tayinlandi.

Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
1 may 2024, 10:02

Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi

Buxoroda “Ark” majmuasi, “Xo‘ja kalon” masjidi, “Xusayni” va “Nodir devonbegi” madrasalari restavratsiyasi uchun ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi. Holatlar bo‘yicha Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi mansabdorlari va boshqalarga jinoiy ish ochildi.

Toshkent viloyatida 8-maygacha qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
1 may 2024, 09:40

Toshkent viloyatida 8-maygacha qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 1−8-may kunlari Toshkent viloyatidagi Chotqol tizmasi tog‘lari hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.

Qurbon Tursunov Buxoro shahri hokimi etib tayinlandi
1 may 2024, 09:37

Qurbon Tursunov Buxoro shahri hokimi etib tayinlandi

Qurbon Tursunov Ibragimovich Buxoro shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi. U bungacha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi issiqlik ta’minotini ekspluatatsiya qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan. Shaharning avvalgi hokimi sog‘ligi yomonlashgani sabab ishdan ketgani aytildi.

AstraZeneca o‘z vaksinasining kam uchraydigan nojo‘ya ta’sirlarini tan oldi
30 aprel 2024, 22:17

AstraZeneca o‘z vaksinasining kam uchraydigan nojo‘ya ta’sirlarini tan oldi

AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi sud hujjatlarida birinchi marta COVID-19`ga qarshi vaksinasining tromboz shakllanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan kam uchrovchi aks ta’sirini tan oldi.

Soliq qo‘mitasi yana p2p o‘tkazmalari bo‘yicha ma’lumot olishni xohlamoqda
30 aprel 2024, 21:33

Soliq qo‘mitasi yana p2p o‘tkazmalari bo‘yicha ma’lumot olishni xohlamoqda

Markaziy bank va Soliq qo‘mitasi p2p o‘tkazmalari miqdori ma’lum chegaradan oshib ketsa, ma’lumot almashishni boshlashi mumkin. Fuqarolar kartadan kartaga pul o‘tkazganda 100 million so‘mlik, tadbirkorlar esa 500 million so‘mlik yillik limitdan oshib ketgan taqdirda, soliq organlari ma’lumot oladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting